Jek Maddalena: "Islom Makhachevni nokaut qilaman!"

  • 26 sentabr, 21:26
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Avstraliyalik UFC jangchisi Jek Della Maddalena rossiyalik Islom Maxachevga qarshi jangdagi niyatini ochiq aytdi.

Tecno

"Islom - jiddiy raqib. Uni dunyodagi eng yaxshi jangchilardan biri deb bilaman. Bu — besh raundlik murakkab chempionlik jangi, shuning uchun aniq taktika bilan tayyorgarlik ko‘ryapman. Mening maqsadim — Maxachevni nokaut qilish. Eng maqbul variant — jangni muddatidan oldin yakunlash. Agar buni uddalasam, "Medison Skver Garden" portlaydi", - dedi yarim o‘rta vazn chempioni "Submission Radio" You Tube kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Della Maddalena va Makhachev o‘rtasidagi bahs 16 noyabr kuni "UFC 322" turnirida bo‘lib o‘tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!