"JCh U-20". O‘zbekiston darvozasini ishg‘ol qilgan Veliz: "O‘zbekiston kutilganidek kuchli o‘yin namoyish etdi..."

  • 21 may, 2023, 18:08
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon chempionatining birinchi turidan o‘rin olgan Argentina - O‘zbekiston uchrashuvi mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi. O‘yindan keyin argentinaliklar futbolchisi Alexo Veliz bahsga quyidagicha izoh berdi:

Tecno

"O‘yin biz uchun omadsiz tarzda davom etayotgandi. Biroq Xudoga shukr, biz g‘alabani qo‘lga kirita oldik. Qiyin bo‘lishini juda yaxshi bilardik. O‘zbekiston kutilganidek kuchli o‘yin namoyish etdi.

Stadionda muxlislar ko‘p bo‘lganini ko‘rish biz uchun yoqimli. Bahs oldidan murabbiy Maskerano bizga bundan kuch olish kerakligini aytib o‘tgandi. 

Bellashuv biz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Bundan juda xursandmiz", - dedi vakillarimiz darvozasini birinchi bo‘lib ishg‘ol qilgan futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Jabborov Alisher
22/05/2023 14:42
Yigitlar psixalogik tayyor emas ekan, nega bunchalar qo'rqib uynaydi Murabbiylar shu ustida ishlasa xudo xoxlasa guruhdan chiqamiz
&
Ismoil0101
21/05/2023 19:30
Keyingi o'yinlarga diqqatimiz oshirishimiz kerak