
JCh saralashi. Sonning goli evaziga koreslar g‘alabani ilib ketdi
Jahon chempionati uchinchi saralash bosqichidan o‘rin olgan Janubiy Koreya - Suriya bahsi yakuniga etdi. Mazkur uchrashuvda mezbonlar raqibidan 2:1 hisobida ustun keldi.
O‘yinning 48-daqiqasida Xvan In-Bom hisobni ochgan bo‘lsa, 84-daqiqada Xarbin muvozanatni tikladi. O‘yin yakuniga yaqin Son Xyon Min gol urib, jamoasiga muhim g‘alabani taqdim etdi.
Mazkur muvaffaqiyatdan so‘ng, koreslar hisobidagi ochkolar soni 7 taga etdi va ular guruhda peshqadam bo‘lib olishdi. Suriyada ayni damda 3 o‘yindan so‘ng 1 ochko bor va ular 5-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar