
JCh saralashi. Qatar Afg‘oniston bilan durang o‘ynadi, Tojikiston esa yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
JCh saralashidan o‘rin olgan 5-tur uchrashuvlari o‘z nihoyasiga etdi. Qatar Afg‘oniston bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, Tojikiston safarda Iordaniyaga mag‘lub bo‘ldi.
Qatarliklar guruhda birinchi o‘rinni naqd qilgani uchun ikkinchi tarkib bilan maydonga tushdi va 10 ta zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Afg‘oniston ushbu 1 ochko orqali 3-o‘ringa joylashdi.
Iordaniya - Tojikiston bahsida Olvan hisobni ochdi, Al-Naymat esa farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. Shundan so‘ng Sami o‘yinga nuqtani qo‘ydi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng iordaniyaliklar 10 ochko bilan 2, Tojikiston esa 5 ochko jamg‘argan holda 3-pog‘onada qoldi.
Fikrlar