
JCh saralashi. 2 ta terma jamoa 3-bosqichga yo‘llanma oldi. Ular kimlar?
Jahon Chempionati 2-saralash bosqichi o‘yinlari o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda.
5 ta terma jamoadan iborat 8 ta guruhga bo‘lingan holda bahslarda ishtirok etayotgan tomonlar hal qiluvchi 3-bosqich yo‘llanmalari uchun kurash olib boryapti. Hozirga qadar, Osiyo qit’asidan 2 terma jamoa mazkur bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
7 o‘yinning barchasida g‘alaba qozongan ikki terma jamoa - Yaponiya hamda Suriya muddatidan avval keyingi bosqichga chiqdi. Bugungi o‘yinda g‘alaba qozonish orqali milliy terma jamoamiz ham o‘z imkoniyatlarini ancha yaxshilab olishi mumkin.
Fikrlar