JCh finali oldidan Frantsiya tarkibida yana bitta yo‘qotish

  • 16 dekabr, 2022, 15:41
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya milliy terma jamoasi vingeri Kingsli Koman Argentinaga qarshi final uchrashuvi oldidan virus yuqtirib oldi.

Tecno

"Uch ranglilar" matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida "Bavariya" futbolchisining mashg‘ulotda qatnashmagani va ehtiyot chorasi sifatida mehmonxonada qolgani haqida xabar berdi.

Avvalroq, frantsiyaliklar tarkibida Adrien Rabo va Dayo Upamekano ham shamollash tufayli yarim final bahsini o‘tkazib yuborgandi.

Koman Qatar-2022 doirasida 5 o‘yinda maydonga tushib, birorta samarali harakat amalga oshira olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!