JCh-2022ning eng yaxshi yosh futbolchisi e’lon qilindi
Qatardagi mundialning 21 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi futbolchisi aniqlandi.
FIFA matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Entso Fernandes "Eng yaxshi yosh futbolchi" nominatsiyasiga loyiq ko‘rildi.
Havbek kutilmaganda jamoaning asosiy tarkib o‘yinchisiga aylandi. Futbolchi Meksikaga qarshi o‘yinda o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygandi.
Argentina termasi finalda Frantsiyani penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchratdi.



Fikrlar