
JCh-2022. Van Gal: "Niderlandiya zerikarli o‘ynaydi? Pley-offga chiqqanimizdan faxrlanish kerak"
Niedrlandiya bosh murabbiyi Lui van Gal Qatarga qarshi (2:0) o‘yindan so‘ng terma jamoasining o‘yin uslubi borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:
"Men sizning fikringizga qo‘shila olmayman. Boshqacha nazariyaga ega ekaningiz ko‘rinib turibdi. O‘ylashimcha, muxlislarimiz bizning pley-offga chiqqanimizdan faxrlanishi kerak. Vaziyat siz aytganchalik yomon emas.
Agar bizni zerikarli futbol ko‘rsatishda ayblayotgan bo‘lsangiz, uyingizga ketishingiz mumkin yoki sizda boshqa jamoalarning o‘yinini tomosha qilish imkoni ham bor", - dedi niderlandiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, mundial guruh bosqichining so‘nggi turida Niderlandiya terma jamoasi Qatarni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Nimchorak finalda "uchar gollandlar" AQSh termasiga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar