JCh-2022. Tiago Silva Jahon chempionatida rekord o‘rnatdi

  • 6 dekabr, 2022, 17:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya terma jamoasi jamoasi futbolchisi Tiago Silva Jahon chempionatida ajoyib natija qayd etdi.

Tecno

"Pentakampeonlar" himoyachisi nimchorak final doirasidagi Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinning 29-daqiqasida jamoadoshi Risharlisonga golli uzatma berdi. Futbolchi bu foydali harakati bilan mundiallar tarixida golga assistentlik qilgan eng keksa futbolchiga aylandi.
Amaldagi rekord kamerunlik Roje Millaga tegishli bo‘lib, u 38 yosh 42 kunligida bu ishni bajargandi.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi mudofaasi Qatar mundialida ajoyib harakat qilmoqda va atigi ikki gol o‘tkazib yubordi. Silvaning jamoadoshlari chorak finalda Xorvatiyaga qarshi kurash olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!