JCh-2022 sabab mashhur futbolchining oilasi buzilmoqda

  • 5 dekabr, 2022, 11:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya terma jamoasi va Milanning “Inter” klubi sobiq hujumchisi Adriano rafiqasi bilan ajrashmoqda. Globo Esporte ga ma’lum bo‘lishicha, bunga sobiq futbolchining Qatarda bo‘lib o‘tayotgan 2022 yilgi jahon chempionatiga do‘stlari bilan uchib ketgani sabab bo‘lgan.

Tecno

Shu sababli, er-xotin ajralish jarayonigacha aylangan mojaroga duch keldi. Adriano va uning rafiqasi allaqachon ijtimoiy tarmoqlarda bir-birlarini kuzatishni bekor qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi guruhda birinchi o‘rinni egallagan holda pley-off bosqichiga yo‘l oldi. Tite shogirdlari jahon chempionatining 1/8 finali o‘yinida Janubiy Koreya terma jamoasi bilan to‘qnash kelishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!