
JCh-2022. Ronaldu: "Pley-off kafolatlangan, ammo..."
Portugaliya terma jamoasi etakchisi Krishtianu Ronaldu Jahon chempionati guruh bosqichini peshqadam sifatida yakunlamoqchi.
"Pley-off kafolatlangan, ammo biz birinchi o‘rinni olishni istaymiz. Bizning jamoa va uning maqsadlari uchun hech qanday cheklov yo‘q. Keling, ko‘prog‘iga harakat qilaylik. Olg‘a, Portugaliya!",-deya post qoldirdi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Ma’lumot uchun, portugaliyaliklar 6 ochko bilan "H" guruhida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi pog‘onadagi Gana 3 ochko jamg‘argan bo‘lsa, Janubiy Koreya hamda Urugvay hisobida bittadan ochko mavjud.
So‘nggi turda Ronaldu jamoadoshlari Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar