
JCh-2022. Roberto Martines: "Qo‘rqib o‘ynaganimiz uchun mag‘lub bo‘ldik"
Jahon chempionati 2-turi doirasidagi Belgiya - Marokash uchrashuvidan (0:2) keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida "qizil iblislar" bosh murabbiyi Roberto Martines quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
"Menimcha, Qo‘rqib o‘ynaganimiz uchun mag‘lub bo‘ldik. Ular to‘psiz qolganda juda yaxshi harakatlandi, ammo to‘p bilan unday deya olmayman.
Biz hujumkor uslubni xush ko‘ramiz. Ammo endi buni yaxshi kayfiyatda amalga oshira olmaymiz, balki bu elkamizga ortiqcha bosim yuklar. So‘nggi bellashuvda g‘alaba qozonishimiz shart, yo‘qotadigan narsamiz yo‘qligini his qilishimiz lozim.
Agar Xorvatiyani mag‘lub etolsak, mundialdagi yurishimizni davom ettiramiz. Bu ajoyib motivatsiya",-dedi 49 yoshli mutaxassis.
Fikrlar