
JCh-2022. Risharlison Sonni qahramon deb atadi (foto)
Kecha tunda Jahon chempionati nimchorak final o‘yini doirasida Braziliya va Janubiy Koreya terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Unda "pentakampeonlar" yirik 4:1 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvdan so‘ng braziliyaliklar futbolchisi Risharlison koreyaliklar etakchisi Son Xin Min haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Men uning bu erda bo‘lish uchun qiyin yo‘lni bosib o‘tganini yaxshi bilaman. Shuning uchun ham millati oldida qahramon sifatida e’tirof etilmoqda. Son bunga to‘la munosib!", - dedi "Tottenxem" hujumchisi klubdagi jamoadoshi haqida.
Fikrlar