
JCh-2022. "Opta" nashri talqiniga ko‘ra, mundial favoritlari. Argentina beshlikda, Portugaliya esa...
Statistika bilan shug‘ullanuvchi taniqli "Opta" nashri mundial favoritlari nomini keltirib o‘tdi. Unga ko‘ra, ro‘yxatni Braziliya terma jamoasi 21 foiz ko‘rsatkich bilan boshqarib bormoqda.
Keyingi pog‘onani Frantsiya band etgan. Desham shogirdlarining chempion bo‘lish imkoni 12 foiz etib qayd etilgan. Kuchli uchlikka 11 foiz bilan Angliya yakun yasagan.
Messisi bor Argentina 5-o‘rinda, Ronaldusi bor Portugaliya esa 7-pog‘onada ko‘rsatilgan. Marhamat, quyida jadval bilan batafsil tanishish imkoniga egasiz.
Fikrlar