JCh-2022. Morata: "Endi mag‘lubiyatga uchramaslikka harakat qilamiz"

  • 2 dekabr, 2022, 10:15
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Ispaniya MTJ hujumchisi Alvaro Morata mundial 3-turidan o‘rin olgan Yaponiyaga qarshi bellashuv haqida fikr bildirdi.

"Bu futbol va u aql bovar qilmas darajada bo‘ldi. Asosiysi, keyingi bosqichga chiqdik. O‘z o‘yinimizni tahlil qilishimiz kerak. Men kuzatgan barcha jamoalar anchagina og‘ir uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu jarayon bo‘lishi tabiiy, ammo muxlislar bizga ishonishi lozim.

Ertadan bor e’tiborimizni pley-offga qaratishni boshlaymiz va endi birorta bellashuvda mag‘lubiyatga uchramaslikka harakat qilamiz. Aks holda, uyga muddatidan oldin qaytishimizga to‘g‘ri keladi",-dedi Alvaro.

Endi "qizillar" 1/8 final bosqichida Marokashga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!