
JCh-2022. Marokash bosh murabbiyi: "Umid qilamanki, Ronaldu bizga qarshi o‘ynamaydi"
Marokash terma jamoasi bosh murabbiyi Valid Regragi chorak final doirasida Portugaliya safida Ronaldu maydonga tushmasligiga umid qilmoqda.
"Jamoa bilan shu bosqichga etib kelganimizdan faxrlanaman. Arab terma jamoasi ilk bora mundial chorak finaliga chiqdi.
Bizni butun bir qit’a ko‘llab-quvvatlaydi. Bu energiyani his qilyapmiz.
Ronaldu o‘ynaydimi yoki yo‘q, buni bilmayman. Uning maydonga tushmasligiga umid qilaman. Krishtianu tarixdagi eng yaxshi futbolchilardan biri. Shunday ekan, u o‘ynamasa xursand bo‘laman", - dedi mutaxassis.
Fikrlar