
JCh-2022. Marokash bosh murabbiyi Jahon chempioni bo‘lmoqchi
Jahon chempionati nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan Marokash va Ispaniya jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvda Afrika vakillari penaltilar seriyasiga ko‘ra, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Ushbu bahs yakuniga etgach, marokashliklar bosh murabbiyi Valid Regragi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Afrikadan hali hech bir mamlakat chempion bo‘lmagan. Nimaga biz bunga harakat qilib ko‘rmasligimiz kerak?
Nega shogirdlarim bu haqda o‘ylamasligi kerak? Biz eng yuqori natijalarni maqsad qilyapmiz", - dedi mutaxassis.
Ma’lumot o‘rnida, Marokash chorak finalda Portugaliya bilan kuch sinashadi.
Fikrlar