JCh-2022. Kulibali: "Biz Afrikaning boshqa jamoalariga o‘rnak bo‘lamiz"

  • 4 dekabr, 2022, 17:38
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Senegal terma jamoasi markaziy himoyachisi Kalidu Kulibali Jahon chempionati nimchorak finali doirasidagi Angliyaga qarshi o‘yindan oldin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Biz Jahon chempionatida bor kuchimiz bilan kurashamiz va Afrikaning boshqa jamoalariga o‘rnak bo‘lamiz. Senegal har qanday raqibga muammo tug‘dirishga qodir.

Jamoamiz etarlicha kuch va salohiyatga ega. Musobaqaning keyingi bosqichiga o‘tish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz", - deydi afrikaliklar sardori.

Eslatib o‘tamiz, Senegalning 1/8 finaldagi raqibi Angliya bilan bahs bugun tunggi soat 00:00 da boshlanadi. G‘alaba qozongan terma Frantsiya va Polsha o‘yini g‘olibi bilan chorak finalda raqib bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!