
JCh-2022. Koreya murabbiyi: "Kuchimiz etmasa ham o‘z uslubimizda o‘ynashni davom ettirdik"
JCh 1/8 finalidan o‘rin olgan Braziliya - Janubiy Koreya uchrashuvida qit’adoshlarimiz 1:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. O‘yindan keyin koreyaliklar bosh murabbiyi Paulu Bentu matbuot anjumanida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
"Raqib g‘alabaga haqli o‘yin ko‘rsatdi. To‘g‘ri, natijadan hafsalam pir bo‘ldi, ammo shuni aytish kerakki, koreya futboli so‘nggi to‘rt yilda sezilarli darajada o‘sdi.
Bellashuvni juda yaxshi boshladik. Kuchimiz etmasa ham o‘z uslubimizda o‘ynashni oxirgi soniyalargacha davom ettirdik, bundan faxrlanaman.
Guruh bosqichini ajoyib tarzda o‘tkazdik. Ganani mag‘lub etishimiz mumkin edi, biroq umuman olganda, natijamizdan qoniqdim",-dedi portugaliyalik mutaxassis.
Fikrlar