
JCh-2022. Ilk qizil kartochka ko‘rsatildi
Jahon chempionati "B" guruhi ikkinchi tur doirasida Uels - Eron uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yinning 86-daqiqasida Uels darvozaboni Ueyn Xennessi raqib futbolchisi Mehdi Taremini qo‘pol ravishda turtib yubordi.
Dastlab, hakam cho‘ntagidan sariq kartochka chiqargandi. VARni ko‘rgach esa uni qizil kartochkaga almashtirdi.
Qo‘shib berilgan 90+9 va 90+11-daqiqalarda Eron vakillari ikkita gol urib, g‘alabani ilib ketdi. Shu tariqa, qit’amiz vakillari ochkolarini 3taga etkazib, guruhda 2-o‘ringa chiqib oldi. Uels terma jamoasi esa 1 ochko bilan 4-pog‘onaga tushib ketdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan jahon chempionatida birinchi qizil kartochka Kolumbiya va Yaponiya ishtirokidagi o‘yinning 3-daqiqasida janubiy amerikaliklar yarim himoyachisi Karlos Sanchesga ko‘rsatilgandi.
Fikrlar