JCh-2022. Bugun chempionlik uchun da’vogar jamoa kurashni boshlaydi

  • 21 noyabr, 2022, 10:30
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Bugun Qatar mezbonlik qilayotgan Jahon chempionatining ikkinchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Dastlab, "B" guruhi ishtirokchilari Angliya va Eron o‘zaro munosabatlarga oydinlik kiritib oladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da start oladi.

21:00 da boshlanadigan o‘yinda "A" kvartetidagi ikkinchi qarama-qarshilik guvohiga aylanamiz. Unda Afrika chempioni Senegal katta turnirlarni sog‘ingan niderlandiyaliklarga qarshi maydonga tushadi.

Kun tartibidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuv AQSh va Uels jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladi. Mazkur to‘qnashuv bizning vaqt bilan 00:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!