
JCh-2022. Bitta gol va Ronaldu navbatdagi rekorni o‘rnatdi
Jahon chempionati 1-turidan o‘rin olgan Portugaliya - Gana uchrashuvida (3:1) evropaliklar sardori Krishtianu Ronaldu hisobni ochuvchi golga mualliflik qildi.
E’tiborlisi, ushbu aniq zarba orqali u faoliyati mobaynidagi 5-mundialida to‘p kiritishni uddaladi va navbatdagi rekordni o‘ziniki qildi. Krishtianu o‘zi ishtirok etgan Jahon chempionatlarining barchasida raqib darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘lgan.
Ronaldudan keyin 4 ta JChda gol urgan futbolchilar soni 4 ta. Endi portugaliyaliklar navbatdagi bellashuvni Urugvayga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar