
JCh-2022. Angliya rekord qo‘ydi
Jahon chempionati 2-turidan o‘rin olgan Angliya - AQSh uchrashuvi 0:0 hisobida o‘z nihoyasiga etdi. Ushbu natijadan so‘ng "uch sherlar" o‘ziga xos rekord o‘rnatdi. Ular mundiallar tarixida 12 ta durang qayd etgan ilk jamoaga aylandi.
Angliya birinchi turda Eronni yirik 6:2 hisobida mag‘lub qilgandi. Ularni 3-turda Uelsga qarshi hal qiluvchi uchrashuv kutmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu terma jamoa Rossiyada o‘tgan Jahon chempionatida yarim finalgacha etib borib, 4-o‘rinni qo‘lga kiritgandi. O‘sha vaqtda ham inglizlar bitta durang natija qayd etgandi. O‘shanda jamoa gurux bosqichining 3-turida Kolumbiya bilan murosa yo‘lini tanlagan.
Fikrlar