
JCh-2022. Angliya 6 o‘yinlik noxush seriyani 6 ta gol bilan yakunladi
Jahon chempionati 1-turidan o‘rin olgan Angliya - Eron bellashuvida nominal mezbonlar 6:2 hisobida zafar quchdi.
E’tiborlisi, bungacha "uch sherlar" 6 o‘yindan beri g‘alaba nimaligini bilmay kelayotgandi. Bu vaqt oralig‘ida inglizlar 3 durang va 3 mag‘lubiyat qayd etgan.
Garet Sautgeyt shogirdlari so‘nggi bor 29 mart kuni o‘rtoqlik uchrashuvida Kot'd-Ivuar ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozongandi. Rasmiy bahslarda esa, oxirgi marta 2021 yilning 16 noyabrida San-Marino taslim etilgan, 10:0.
Angliya keyingi uchrashuvni 25 noyabr sanasida AQShga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar