
JCh-2022. "Afsuski, bu tarkib bilan hech narsaga erisha olmadik" - Neymar mag‘lubiyatdan xafaligini yashirib o‘tirmadi
Braziliya yulduzi Neymar jamoasining Jahon chempionati chorak final bosqichidan o‘rin olgan Xorvatiyaga qarshi bellashuvdagi mag‘lubiyati haqida fikr bildirdi.
"Nimadir deyish qiyin. Miyam turli fikrlar bilan to‘lgan. Kiyim almashtirish xonasida mag‘lubiyatdan saboq olishimiz kerakligi haqida gaplashdik. Bizda juda ahil, quvnoq va hamjihat jamoa bor, ammo bugun ular xafa. Qayg‘uli kun bo‘ldi.
Afsuski, mag‘lubiyatga loyiq o‘yin ko‘rsatmagandik. Hozir dam oladigan va yaqin insonlar mehrini his qiladigan vaqt. Faqatgina ular bizga tasalli berishi mumkin.
Men birga bosib o‘tgan yo‘limiz haqida gapirmoqchiman. Barchasi shunchalik tez sodir bo‘ladiki, ulardan maksimal tarzda foydalanishimiz kerak edi. Endi kimlardir terma jamoadagi faoliyatini yakunlaydi, ular o‘rniga yoshlar keladi.
Bu erda juda ko‘p do‘stlar orttirdim, jamoaning bir qismi bo‘lganimdan xursandman, barchangiz bilan faxrlanaman. Afsuski, bu tarkib bilan hech narsaga erisha olmadik, ammo shunday bo‘lishi kerak ekan. Hozir og‘ir vaziyatdamiz, hammani yupatish uchun so‘z topish qiyin",-dedi Neymar.
Fikrlar