Javohir Sindarov: Oilam bilan Dubayda edim va birdan menga xabar keldi

  • 8 fevral, 08:34
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Mukofot jamg‘armasi 75000 ming dollarni tashkil etuvchi "2025 Freestyle Chess Grand Slam Weissenhaus" turniri davom etmoqda. Ushbu turnirda Nodirbek Abdusattorov hamda Javohir Sindarov dunyoning eng kuchli shaxmatchilari bilan bahslarga kirishgan. 

Ushbu turnirni hamyurtimiz Javohir Sindarov yondirmoqda. U mazkur turnir doirasida hozircha Vinsent Kaymar (Germaniya), Levon Aronyan (AQSh), Vladimir Fedoseev (Rossiya), Magnus Karlsen (Norvegiya) kabi shaxmatchilarni taslim etdi. Ayniqsa, Karlsen ustidan qozonilgan g‘alaba Javohirga turnir jadvalida peshqadam Fabiana Karuana bilan tengma-teng ochkolar to‘plab turishini ta’minlab berdi. 

Javohir Sindarov "Freestyle Chess" turniri haqida ingliz tilida intervyu olishdi. Biz esa uni sizga o‘zbek tiliga tarjima qilamiz

Boshlovchi: Sizning so‘nggi daqiqalarda turnirda ishtirok etishingiz ma’lum bo‘ldi. Sababi, Vishi Anand musobaqani tark etdi. O‘zingizni qanday his qilyapsiz? 

Javohir: Avvaliga biroz hafsapam bir bo‘ldi. Sababi, yaxshi o‘ynadim. Men Pragnanadhni mag‘lub etdim, undan oldin esa yana bir qancha kuchli raqiblarni ham taslim etdim. Finaldagi bahs qiyin kechdi. Ilk bahsda g‘alaba qozondim, ikkinchisda esa durang o‘ynashim mumkin edi, lekin so‘nggi soniyada xatoga yo‘l qo‘ydim va o‘yin tay-brekga o‘tib ketdi. Hal qiluvchi pallada g‘alabani qo‘ldan boy berdim. Albatta, bu uyat edi. 

Boshlovchi: Oxir-oqibat baribir sizni turnirga taklif qilishganini qaerdan bildingiz? 

Javohir: Yanvar oyida men Bundesligada o‘ynadim va u erda tashkilotchlar Yan-Xenrik va Sebastyan bilan uchrashdim. Bizning yo‘llarimiz bir necha bora kesishdi va ular menga har kuni tabassum qilishlarini payqadim. O‘sha paytda men ular nega bunday qilishayotganini tushunmadim. Bir necha kundan so‘ng oilam bilan Dubayda ta’tilda edim va birdan menga xabar keldi: "Freestyle" shaxmat o‘ynashni xohlaysizmi?". Albatta, men darhol rozi bo‘ldim. Bu eng yaxshilarga qarshi o‘ynash uchun ajoyib imkoniyat edi! 

Boshlovchi: Sizga "freestyle" shaxmat yoqadimi?

Javohir: Asosiysi, siz uzoq vaqt tayyorgarlik ko‘rishingiz shart emas. Oddiy shaxmatda siz tayyorgarlik uchun 3-4 soat sarflaysiz, keyin yana 5-6 soat o‘ynaysiz. Bu juda qiyin. "Freestyle"da  hamma narsa sizning fikringizga bog‘liq. Siz o‘zingiz yodlagan chiziqlar bo‘yicha emas, balki faqat pozitsiyaga qarab o‘ynaysiz. Bu qiziqarliroq! 

Boshlovchi: Biroq siz har doim tayyorlanasiz! 

Javohir: Ehtimol. Shaxmatda muntazam tayyorgarlik muhim, ammo men ko‘proq o‘yin jarayonini yaxshi ko‘raman. 

Boshlovchi: Ushbu turnirga qanday tayyorgarlik ko‘rdingiz?

Javohir: Shaxmat vazifalarini hal qildim. Men "Chess960"dan 100 ga yaqin pozitsiyalarni ko‘rib chiqdim. Bu menga o‘yinni tartibga solishga yordam beradi, lekin ularni eslay olmadim. Asosiysi, o‘yin suratiga tezda moslashish. 

Boshlovchi: Magnus yoki Fabiano kabi top shaxmatchilar va siz o‘rtangizda farq qanchalik katta? Siz ularning darajasiga qaerda yaqinroqsiz - klassik yoki "freestyle"?

Javohir: Menimcha, ularga "freestyle"da yaqinroqman. Ular klassikda ancha kuchliroq. Oddiy shaxmatda dastlabki tayyorgarlik ko‘p narsani hal qiladi, ammo "freestyle" shaxmatda hammasi pozitsiyani tushunishga bog‘liq. 

Boshlovchi: Biroq siz tayyorgarlikni yaxshi ko‘rasiz. Shunday emasmi?

Javohir: Ba’zan, lekin har kuni uch soat dastlabki yurishlarni mashq qilishni va keyin yana olti soat o‘ynashni tasavvur qiling. Bu charchatadi. "Freestyle"da siz shunchaki shaxmat o‘ynaysiz va bu ajoyib! 

Tecno

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!