Javohir Sindarov - Jahon Kubogi 2025 g‘olibi! U chempionlik ortidan qancha pul ishlab topdi?
Hindistonning Goa shahrida bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi 2025 finali doirasida hamyurtimiz Javohir Sindarov xitoylik Vey Yiga qarshi dona surdi.
Hal qiluvchi bahsda Javohir raqibini tay-brekda mag‘lub o‘tib, Jahon kubogi 2025 g‘olibiga aylandi. Ushbu chempionlik ortidan Sindarov 120 000 dollar mukofot puliga ega bo‘ldi. Shuningdek, u 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan "Nomzodlar turniri"ga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.



Fikrlar