
Jasur Yaxshiboev tarixga kirdi
Polshaning "Legiya" klubi safiga ko‘chib o‘tgan Jasur Yaxshiboev tarixga kirdi. Gap shundaki, hamyurtimiz Polsha Ekstraklasasida o‘ynagan dastlabki o‘zbekistonlik futbolchi bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli futbolchi bugun yangi jamoasi safidagi dastlabki mashg‘ulotni o‘tkazdi. Futbolchining o‘zi saytimizga bergan intervyusida debyut bahsi keyingi uchrashuvda bo‘lishi kutilayotganligini ma’lum qilgan edi. Suhbatning to‘liq shakli bilan ushbu havola orqali tanishish imkoniga egasiz.
Fikrlar