Jasur Yaxshiboev o‘tgan mavsumda ko‘p o‘yinlar o‘tkazib yuborgani sababini aytdi

  • 22 fevral, 2018, 07:52
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

"Paxtakor" klubi futbolchisi, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi safida Osiyo chempioni bo‘lgan Jasur Yaxshiboev jamoaning hozirligi xususida qisqacha fikrlarini aytib o‘tdi.

- Mavsumga tayyorgarlik juda yaxshi kechmoqda. Barchaning kayfiyati yuqori. O‘tgan mavsum jarohat tufayli ko‘p uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldim. Nasib qilsa, joriy mavsumda jamoaga qo‘limdan kelgancha yordam berishga harakat qilaman.

"Al-Hamriya"ga qarshi kechagi o‘yinda birinchi bo‘limda o‘yinimiz qovushishi qiyin bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda esa bir-birimizni yaxshiroq tushundik va raqibni mag‘lubiyatga uchratdik.

Shu o‘rinda 2 mart kuni bo‘ladigan "Paxtakor" va "So‘g‘diyona" uchrashuviga muxlislarni taklif etib qolamiz. "Paxtakor"ni qo‘llab-quvvatlang!, - deya mahoratli futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltiradi "Paxtakor" matbuot xizmati. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!