
Jasur Jaloliddinovga xaridor bo‘lgan jamoa A Seriyadan tushib ketdi
"Benevento" klubi muddatidan avval A Seriyani tark etdi.
Kecha bo‘lib o‘tgan "Torino" - "Latsio" uchrashuvidan so‘ng, Filippo Indzagi shogirdlari elitada qolish imkoniyatidan butkul mahrum bo‘ldi.
Aytish lozimki, "Benevento" A Seriyada debyut mavsumini o‘tkazayotgan edi. Ushbu jamoa o‘z vaqtida o‘zbekistonlik futbolchi Jasur Jaloliddinovga jiddiy qiziqish bildirgani haqida ham turli xabarlar tarqalgan.
“Benevento” 37 turdan so‘ng, 32 ochko bilan 18-o‘rinda bormoqda. Ushbu jamoa mavsumning so‘nggi uchrashuvini 23 may kuni safarda “Torino”ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar