Jasur Hasanov: "Bu yilgi "Andijon" boshqacha, bugun mezbonlarning g‘alabasini kutyapman"
Bugun Superliganing ikkinchi tur doirasida “Andijon” klubi “Bobur arena”da “Surxon”ni qabul qiladi. Mazkur uchrashuvga qiziqish katta.
Jumladan,” So‘g‘diyona” klubi etakchisi Jasur Hasanovni ham ushbu to‘qnashuv befarq qoldirmayapti. Bellashuvdan oldin ushbu futbolchi sports.uz saytiga o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Qanday hisob qayd etilishini aniq bilmasam-da, bugun “Andijon”ning g‘alabasini kutaman. Shaxsiy fikrim shundayki, o‘tgan yilgiga qaraganda, bu yilgi “Andijon” boshqacha.
Birinchi turda “Qizilqum”ga qarshi o‘yinini ko‘rdim, yaxshi taassurot qoldirdi. Qishki yig‘in paytida ham andijonliklarga qarshi o‘ynagandik. Rostdan bu yil ushbu klub boshqacha.
Bu yilgi “Andijon” oilaviy jamoa. Vodiy muxlislarini yaxshi bilaman. Bugungi uchrashuvda favorit maydon egalari. Boz ustiga mezbonlar o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida o‘ynaydi. Ishonchim komilki, bugun “Andijon” klubi ishqibozlarini xursand qiladi, - dedi Hasanov.



Fikrlar