Jasur Abduraimov Argentinaga qarshi bahs oldidan: "Bizda yaxshi jamoa bor, keyingi bosqichga chiqamiz"

  • 20 may, 2023, 14:32
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun kechasi Argentina U-20 jahon chempionati boshlanadi. Mundialning ochilish uchrashuvida O‘zbekiston terma jamoamiz mezbon – Argentinaga qarshi maydonga tushadi va bu o‘yin 02:00 da boshlanadi.

Tecno

Barcha yurtdoshlarimiz o‘yinni intiqlik bilan kutmoqdalar. Muxlislarimizga yaxshi tanish bo‘lgan mutaxassis Jasur Abduraimov bu borada shunday dedi:

“Ravshan Haydarov terma jamoamizni Osiyo chempioniga aylantirdi va jahon chempionatiga munosib o‘yinchilarni olib ketdi. Murabbiy anchadan beri termada ishlayapti. Mundialga kimlarni olib ketishni o‘zi yaxshi biladi. Biz murabbiyga ishonamiz.

Guruhimizda Argentina, Yangi Zelandiya va Gvatemala kabi raqiblar bor. O‘ylayshimcha, Argentina kuchli, ular o‘z uyida o‘ynayapti. Ammo jamoamizning potentsiali yaxshi. Yangi Zelandiya bilan Gvatemalaga qarshi uchrashuvlarda ham o‘z maqsadiga erisha oladi. Bizda yaxshi jamoa bor, guruhdan keyingi bosqichga chiqamiz”, - deydi Abduraimov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!