
Jastin Getji martda jang qiladi, raqib esa...
Menejer Ali Abdel-Aziz engil vaznda sobiq vaqtinchlik UFC chempioni Jastin Getjining keyingi jangi qachon bo‘lishini ma’lum qildi.
"Jastin martda qaytadi. Chunki unga tiklanish uchun ozgina vaqt kerak. Raqib esa Den Xuker, Dastin Pore yoki Renato Moykanodan biri bo‘lishi mumkin", - deya menejerning so‘zlarini keltirdi "MMA Fighting".
Eslatib o‘tamiz, Jastin so‘nggi jangida Maks Holloueyga nokaut evaziga mag‘lub bo‘lgandi.
Fikrlar