Jarohatlangan Sardor Rashidovning holati qanday?

  • 19 avgust, 2024, 23:40
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, joriy yilning 7 avgust kuni Jizzaxda o‘tkazilgan O‘zbekiston Coca Cola kubogi chorak finalidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” – “Navbahor” (2:3) o‘yinida namanganliklarning 33 yoshli tajribali yarim himoyachisi Sardor Rashidov elkasidan jarohat olgandi.

Tecno

Biz futbolchining sog‘ligini bilish niyatida u bilan bog‘langanimizda, Sardor o‘sha o‘yinning ertasiga unda jarrohlik amaliyoti  muvaffaqiyatli o‘tkazilganligi, ayni paytda  sog‘ligi yaxshi ekanligi, davolanish muolajalarini olayotganligini ta’kidlab, “Navbahor” klubi rahbariyati hamda xodimlari, jamoa murabbiylar shtabi va futbolchilari, shuningdek, muxlislarga o‘zining alangali salomini etkazdi hamda jamoaga bo‘lajak o‘yinlarda omad yor bo‘lishini tiladi.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!