
Jarohati bor futbolchi bizga kerak emas! - "Leyptsig" hujumchi transferidan voz kechdi
Noa Okaforning "RB Leiptsig"ga transferi barbod bo‘ldi. Bu haqda "Sky Sport" nashri xabar bermoqda.
Avvalroq, nemis klubi "Milan" hujumchisini 25 million evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga olishi haqida xabar berilgan edi.
Biroq, "Sky Sport" jurnalisti Filipp Xintsening yozishicha, "Leyptsig" tibbiy ko‘rikdan so‘ng 24 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashdan voz kechdi. Shveytsariyalik futbolchi yaqin vaqt ichida maydonga tushishga tayyor emas - u oyoq mushaklari jarohatidan tiklanmoqda.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli futbolchi joriy mavsumda A Seriyaning 11 ta o‘yinida maydonga tushib, 1 ta gol urdi.
Fikrlar