
Janubiy Koreya va O‘zbekiston olimpiya terma jamoalari o‘rtasidagi ikkinchi o‘yinda ham g‘olib nomi aniqlanmadi
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Janubiy Koreyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazayotganidan xabaringiz bor.
Timur Kapadze shogirdlari bugun mezbonlarga qarshi maydonga tushdi. Bellashuv 1:1 hisobidagi durang bilan nihoyasiga etdi.
Dastlab, Ruslan Jiyanov hisobni ochgan bo‘lsa, bellashuv oxirlarida Cho Xyun-Taek muvozanatni tikladi. Shu tariqa, ikkinchi bahsda ham g‘olib nomi aniqlanmadi.
Dastlabki bahsda ham xuddi shu hisob qayd etilgandi.
Fikrlar