Janubiy Koreya U-23 - O‘zbekiston U-23: Matnli translyatsiya. LIVE!

  • 26 sentabr, 2022, 16:06
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA kunlari doirasida Janubiy Koreya U-23 va O‘zbekiston U-23 terma jamoalari o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushmoqda. Quyida mazkur bellashuvdan matnli translyatsiya e’tiboringizga havola etiladi.

Tecno

90+4. Uchrashuv yakuniga etdi. Yakuniy hisob 1:1.

90. Uchrashuvga 4 daqiqa vaqt qo‘shib berildi.

84. O‘yin oxiri qizg‘in kechmoqda.

83. Olimpiyachilarimiz burchak zarbasini amalga oshiradi.

79. GOL! Koreyaliklar qulay jarima zarbasiga ega bo‘ldi va gol urib ketishmoqda. Hisob tenglashdi - 1:1.

74. Vakillarimiz o‘ta qulay imkoniyatdan gol ura olmadi. Aniqrog‘i, raqib himoyachilari yaxshi harakat qildi.

72. Timur Mamasiddiqov Norchaev o‘rniga, Behzod Shamsiev esa Saidazamat Mirsaidov o‘rniga maydonga tushirildi.

69. Azamat Mirsaidovga tibbiy ko‘mak ko‘rsatilmoqda.

65. O‘zgarish. Jasur Jaloliddinov o‘rniga Alisher Odilov o‘yinni yakunlab qo‘yadi.

muxlis

60. Muxlislar ham jamoamizni tinmasdan qo‘llab-quvvatlamoqda. Olg‘a, yigitlar!!!

58. Norchaev tibbiy yordamga muhtoj.

55. Janubiy Koreya termasi qarshi hujumga o‘tib ketmoqchi edi. Ammo hamyurtlarimiz bu hujumni qaytardi.

gol

49. GOOOOOOOOOOOL! Vakillarimiz uchrashuvda hisobni ochdi. Norchaevning uzatmasidan so‘ng Ruslan Jiyanov bir harakat bilan to‘pni darvozaga kiritdi.

46. O‘zgarish. Otabek Jo‘raqo‘ziev o‘z o‘rnini Ulug‘bek Hoshimovga bo‘shatib berdi.

46. Ikkinchi bo‘limga start berildi.

45+2. Birinchi taym tugadi. Hozircha bellashuvda hisob ochilmadi.

45+1. Uxxx! Raqiblarimiz ancha xavfli hujumni tashkil etdi. Ammo to‘p himoyachilarimizga tegib, yo‘nalishini o‘zgartirdi.

45. Birinchi bo‘limga ikki daqiqa vaqt qo‘shib berildi.

42. Jaloliddinovga nisbatan maydon markazida o‘yin qoidasi buzildi.

erkinov

39. Jamoalarda keskin hujumlar soni kamaydi.

34. Koreyaliklar burchak zarbasi tepadi.

31. Saidazamat Mirsaidovga nisbatan ishlatgan qo‘polligi uchun Janubiy Koreya vakili sariq kartochkaga loyiq ko‘rildi.

28. Abdurauf Bo‘rievga sariq kartochka ko‘rsatildi.

27. Raqib futbolchisiga tibbiy yordam ko‘rsatildi.

25. Norchaevning zarbasiga aniqlik etishmadi.

24. Mezbonlar to‘p nazoratiga egalik qilmoqda.

jiyanov

21. Jiyanovdan yana bir uzatma. Pas zarbaga aylanib ketdi. Biroq raqib posboni qiyinchilik bilan xavfni bartaraf etdi.

19. Maydon markazida to‘p uchun kurash kechmoqda.

17. Jiyanovning qanotdan uzatib bergan pasidan so‘ng to‘pni himoyachilar qaytarib yubordi.

15. Maydon markazida endi maydon egalari to‘pni nazorat qilmoqda.

12. Vakillarimiz o‘yinni nazorat qilib bormoqda.

9. Jaloliddinov maydon markazida to‘pni yo‘qotdi. Ammo sheriklari uning xatosini to‘g‘riladi.

7. Jiyanov qanotdan raqib himoyasini yorib o‘tishga harakat qildi. Ammo mezbonlar himoyachisi ishonchli o‘ynadi.

4. Vakillarimiz o‘yinni hujumkor tarzda boshladi.

koro‘zb

1. Uchrashuvga start berildi. Olg‘a yigitlar!

0. Futbolchilar maydonga tushib keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!