
Janubiy Koreya o‘z maydonida g‘alaba qozondi
Jahon chempionati Osiyo mintaqasi uchinchi saralash bosqichidan o‘rin olgan Janubiy Koreya hamda Birlashgan Arab Amirliklari uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda maydon egalari 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 36-daqiqasida Xvan Chi Xanning urgan goli yagonaligini saqlab qoldi.
Mazkur natijadan so‘ng koreyaliklar ochkolarini 11 taga etkazib olgan holda, o‘z guruhida vaqtincha 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. BAA hisobida atigi 3 ochko bor va 4-pog‘onani egallab turibdi.
Fikrlar