
Janubiy Koreya K 2 ligasi. Ikrom Aliboev qaydnomaga ham kiritilmagan bellashuvda "Seongnam" durang o‘ynadi
Biroz avval Janubiy Koreya K 2 ligasidan o‘rin olgan "Cheonju" - "Seongnam" bahsi o‘z yakuniga etdi. Hamyurtimiz Ikrom Aliboev to‘p tepayotgan seongnamliklar bu safar ham ochko yo‘qotdi. 1:1 ko‘rinishida o‘z yakuniga etgan mazkur o‘yinda Aliboev noma’lum sabablarga ko‘ra hattoki, qaydnomaga ham kiritilmmadi.
Endi o‘zbekistonlik yarim himoyachi to‘p tepadigan klub navbatdagi o‘yinini 5 oktyabr kuni chempionat doirasida "Jeonnam" jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar