
Janni Infantino: FIFA jahon chempionatlarini ham O‘zbekistonda o‘tkazish masalasini chuqur o‘ylab ko‘rishimiz kerak
Xabaringiz bor, FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga tashrif buyurdi. U tashrif davomida terma jamoalar markaziydagi qurilish ishlari bilan tanishdi.
Do‘stlikdagi bazada Infantino jurnalistlar bilan mumuloqot chog‘ida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
- Zamonaviy mashg‘ulot maydoni nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyoning g‘ururi bo‘ladi. Bu ko‘rsatishga arzigulik loyiha. Respublika futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari eng zo‘r sharoitlarda mashg‘ulotlarni olib borishadi.
U-20 terma jamoasi Osiyo chempionatidagi g‘alabasi bilan O‘zbekiston yosh iqitdorlarga ega ekanligini isbotladi. O‘ylaymanki, ushbu baza mahoratli futbolchilar zaxirasini shakllantirishda qo‘l keladi. O‘zbekiston xalqining futbolga qiziqishi yuqori. Davlat rahbari, O‘zbekiston futbol assosiatsiyasi bilan birgalikda millionlar o‘yinini jahon miqyosida yanada jozibador qilishda harakat qilyapti. O‘lkaning kelajagi porloq. Bunga ishonchim komil. Menimcha, FIFA jahon chempionatlarini ham O‘zbekistonda o‘tkazish masalasini chuqur o‘ylab ko‘rishimiz kerak, - dedi Infantino.
Fikrlar