Jangovar sambo: O‘zbekiston chempionatida andijonlik yoshlar tengsiz!

CHERY AUTO

Kuni kecha Buxoro shahrida yoshlar (17-18)o‘rtasida jangovar sambo bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi. Mazkur turnirda andijonlik sportchilar muvaffaqiyatli ishtirok etib, yuqori probali medallarni qo‘lga kiritdi. Jumladan, -64 kgda Saidodil Abdumatalipov, -79 kgda Amirxon Ziyaydinov, -98 kg vaznda Nuriddin Sultonovlar barcha raqiblarini mag‘lub etib, chempionga aylangan bo‘lsa, Asadbek Rasulov 2- o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Tecno

Shu tariqa asosini Jahongir Qoraboev va Jasur Sodiqov murabbiyligidagi  "Karabayev Team" klubi vakillaridan tashkil topgan, Andijon terma jamoasi umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 2- o‘rinni buxoroliklar qo‘lga kiritgan bo‘lsa, kuchli uchlikdan Samarqand terma jamoasi o‘rin oldi.

IMG_20230319_180202_775

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!