
Janfranko Zola: "Biri yoqimli, ikkinchisi qayg‘uli xikoya"
Sobiq futbolchi Janfranko Zola Viktor Osimxen va Paulo Dibala transferlari to‘g‘risida gapirdi. Eslatib o‘tamiz, yozgi transferlar oynasi vaqtida Dibala Saudiya Arabistonining "Al-Qodisiya" klubining har tomonlama ajoyib taklifini rad etdi va "Roma"da qoldi. Nigeriyalik forvard esa "Napoli"ni shov-shuvli tarzda tark etib, "Galatasaroy"ga ijara asosida ko‘chib o‘tdi.
“Birinchi hikoya chiroyli, ammo ikkinchisi unchalik yaxshi emas. Dibala hamyoniga emas, yuragiga quloq tutdi. Ammo men boshqalar uchun hukm qilishni xohlamayman. Ya’ni har kim o‘z tanlovini qilish huquqiga ega.
Albatta, Pauloning hikoyasi futbolni yaxshi ko‘radiganlar uchun ajoyib voqelik bo‘ldi", - dedi sobiq futbolchi.
Fikrlar