
Jamshid Saidov "Lokomotiv"da ish boshladi
O‘tgan yili “Buxoro” klubini boshqargan Jamshid Saidov yana faol ish tarziga qaytdi. Yaqinda uning “Buxoro” bilan amaldagi shartnomasi bekor qilingach, rasman klubni tark etgandi.
Endilikda Saidov “Lokomotiv”da ish boshladi. Murabbiyning sports.uzga ma’lum qilishicha, “Lokomotiv” bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori lavozimiga tayinlangan. 1 aprel kuni rasman shartnoma tuzganini ham qo‘shimcha qildi.
Bundan tashqari, mutaxassis o‘rinbosarlar jamoasida Dilshod Nuralievga ham yaqindan yordam bermoqda.
Fikrlar