Jamshid Saidov: Ilk turda g‘alaba qozonganimizdan xursandman

  • 2 mart, 2024, 23:50
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 1-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" va "Qizilqum" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi.

Tecno

Mazkur bellashuvda mehmonlar 1:3 hisobida g‘alaba qozondi. Navoiyliklardan Giorgi Kuhianidze, Shahboz Jo‘rabekov va Samandar Shukurullaev gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Mezbonlarning golini Temurxo‘ja Abduholiqov kiritdi. 

Shu tariqa, "oltin izlovchilar" ushbu g‘alabadan keyin 3 ochkoga ega bo‘ldi va jadvalda etakchilar qatoridan joy oldi.

Bellashuvdan so‘ng navoiyliklar ustozi Jamshid Saidov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Quyida uning fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. 

- Birinchi navbatda, barcha futbolchilarni va bu sport turini sevuvchi ishqibozlarni chempionat boshlangani bilan tabriklayman. To‘g‘ri, birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadik. Biroq ikkinchi taymda biroz muammolar paydo bo‘ldi. Ilk turda hamda safarda g‘alaba qozonganimizdan xursandman. Navoiydan kelgan muxlislarga katta rahmat va ularni ham tabriklayman.

- Ikkinchi bo‘limda zaxiradan tushgan futbolchilar "Qizilqum" o‘yinini buzib qo‘ygandek bo‘ldi. Mana shu muammoni qanday bartaraf etasiz?

- Afsuski, o‘zgarishlar rostan ham biroz omadsiz bo‘ldi. Biroq bu bo‘lib turadi. O‘rtoqlik uchrashuvi umuman, boshqa chempionat boshqa. Jismoniy tayyorgarlik va o‘ziga-o‘zi bosim yaratish. Ular yosh yigitlar va ortiqcha e’tirozim yo‘q. Ular biroz hayajon bilan chiqdi va ozroq sarosima bo‘ldi. Bu o‘tib ketadi.

- "Bunyodkor"da murabbiylar shtabi va futbolchilar yangi. Siz raqibdan qanaqa natija kutgandingiz?

- Bilmadim, bizda "Bunyodkor" haqida ko‘p ma’lumot yo‘q edi. Men ularning oxirgi o‘yinlariga qaradim. Raqibning legionerlari u qadar yomon emasdi. Biz odatdagiday o‘ynadik. Xohladik va g‘alaba qozondik". 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шоим Зарипов
03/03/2024 09:09
Баракалла Кизилкум Насаф мухлислари номидан галабаларинг давомли булсин омад.