
Jamshid Saidov Farg‘onadagi mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?
Coca-Cola Superliga 25-turidan o‘rin olgan “Neftchi” – “Qizilqum” (1:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Birgina yo‘l qo‘yilgan katta xato bellashuv taqdirini hal qildi. Umuman, ko‘rsatgan o‘yinimizdan mamnunman. Vaziyatlarimizdan foydalana olmadik.
O‘tish bahsida ishtirok etmaslik uchun bugun “Neftchi”dan, Navoiyda “Turon”dan ustun kelishni reja qilgan edik. Nazariy jihatdan “So‘g‘diyona” Qarshida engilishiga umid qilgandik. Biroq biz o‘z vazifamizni bajara olmadik», – dedi Saidov.
O‘zPFL matbuot xizmati.
Fikrlar