Jamshid Saidov: "Bizning jamoa uchun oddiy mavsum bo‘lgani yo‘q"

  • 3 dekabr, 2024, 11:14
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionatni 11-o‘rinda yakunlagan “Qizilqum” klubi Superligada to‘g‘ridan-to‘g‘ri qolish vazifasini bajardi va pley-offdan qutulib qoldi. Jamoa bosh murabbiyi Jamshid Saidov o‘zining instagramdagi sahifasida quyidagicha post qoldirdi:

Tecno

“Chidamliligingiz, xarakteringiz va intilishingiz uchun, qilingan ishlaringiz uchun minnatdorchilik bildiraman.

Biz turli xil qiyinchiliklarga duch keldik. Lekin sizning sa’y-harakatlaringiz tufayli barcha qiyinchiliklarni engib o‘tdik. Bu bizning jamoa uchun oddiy mavsum bo‘lgani yo‘q. Biz yuqori darajadagi haqiqiy professionallarcha o‘z kuchimizni ko‘rsata oldik.

Biz biroz dam olib keyingi mavsumga tayyorgarlikni boshlamoqchimiz. Yanada yuqori natijalarga erishishni ko‘zlamoqdamiz.

Klub rahbariyatiga alohida minnatdorchilik bildiraman. Qurbonmurod Taparov, Amin Ergashev, Farhod Nurullaev, Alisher Xoliqov, Akmal Rustamov va boshqa jamoa a’zolariga rahmatimni aytmoqchiman”, - deb yozdi Saidov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!