Jamshid Iskanderov: Saudiyadan g‘alaba bilan qaytish niyatimiz bor edi

  • 23 fevral, 2024, 02:48
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Chempionlar ligasi nimchorak finalidan o‘rin olgan "Al-Ittihod" - "Navbahor" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda "lochinlar" 1:2 hisobida raqibga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 

Benzema 25-daqiqada avtogol muallifiga aylangan bo‘lsa, Hamidallah 45+6-daqiqada muvozanatni tikladi. 87-daqiqada Tabatadze ham o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi.

O‘yindan so‘ng namanganliklar futbolchisi Jamshid Iskanderov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Marhamat, tanishib chiqishingiz mumkin: 

- Mag‘lubiyatga sabab nima bo‘ldi?


- Qiyin o‘yin bo‘lishini bilar edik. Bizda maqsad bor edi va shu yo‘lida harakat qilayotgandik. Birinchi golni o‘tkazib yuborganimizdan so‘ng charchoq bilindi. Shu sababli, raqibni orqaroqda kutib olib, qarshi hujumda o‘ynashni reja qilgandik. 

- Yaxshiroq o‘ynash uchun nima qilish kerak edi?

- Menimcha, u qadar yomon o‘yin ko‘rsatmadik. Muxlislar ham bunga guvoh bo‘ldi. Saudiyadan g‘alaba bilan qaytish niyatimiz bor edi. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!