
Jamoliddin Bobojonov: “So‘g‘diyona” OChLga chiqsa, “Bunyodkor”dan qo‘li uzunroqdek tuyulgandi
"SPORTS.uz haftasi" ko‘rsatuvining navbatdagi soni taqdim etilmoqda. Ushbu sonda futbol mutaxassisi Jamoliddin Bobojonov ishtirok etdi.
Ko‘rsatuv mobaynida Jamoliddin Bobojonov OChL-2020 uchun “Bunyodkor”ning imkoniyati borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- “Bunyodkor”da ham keskin yangiliklar kutmayapman. Xurshid G‘iyosov, Murodjon Ahmadaliev va bir necha futbolchilarning “qaldirg‘ochlar” bilan tuzgan shartnomasi tugagan. “Bunyodkor” qanchalik OChLga yo‘llanma olmasin, “So‘g‘diyona”, AGMK kabi puldor jamoalar turganda xalqaro musobaqada o‘ynamasa ham ketishi mumkin. Uning o‘rnida men bo‘lsam shunday yo‘l tutardim. Sababi futbolchilik davri qisqa. Pulni birinchi o‘rniga qo‘ygan futbolchilarni ayblamaganman. Har doim shunday o‘ynaysanmi, yo‘qmi pul ishlab olish kerak. bu masalalarga ham oydinlik kiritilishi kerak.
To‘g‘risi, Superliga oxirgi turida “So‘g‘diyona”ga muxlislik qilgandim. Chunki jizzaxliklarning imkoniyati balandroq ko‘ringandi. Ulug‘bek Baqoev jamoasi OChLga yo‘llanma olsa, tarkibni kuchaytirishga, natijaga erishish uchun “Bunyodkor”dan qo‘li uzunroqdek tuyulgandi. Endi “Bunyodkor” tarkibni kuchaytirishi lozim. 3-o‘rin bu chempionatimizga mos tarkib. Lekin OChL guruh bosqichiga chiqishi uchun tarkib yarashi yoki aksi ekanligi bilmadim, - dedi Jamoliddin Bobojonov.
Fikrlar