
Jamoadan uzilib qolgan Shomurodovning o‘yini nechi ballga loyiq ko‘rildi?
A Seriyaning navbatdagi turidan o‘rin olgan bahsda Klaudio Raneri boshchiligidagi "Roma" "Torino" bilan kuch sinashib, Paredes va Salemakersning gollari evaziga ishonchli hisobda g‘alaba qozondi (2:0). Ushbu uchrashuvni hamyurtimiz asosiy tarkibda boshlab, 72 daqiqa harakat qildi.
Milliy terma jamoamiz sardorining ushbu o‘yindagi harakatlarini ko‘plab mashhur saytlar baholashdi.
Fotmob vakilimizni 6.7 ballga loyiq ko‘rgan bo‘lsa, Sofascore portali Shomurodovga 6.7 ball qo‘ydi. Bundan tashqari, yana bir mashhur nashrlardan biri hisoblangan Flashscore sayti esa hamyurtimizga 6.7 ball berdi. Qiziq tomoni shuki, barcha saytlar Rom forvardiga bir xil ball bergan. Bundan tashqari, futbolchimiz o‘tgan uchrashuvda ham 7.3, 7.3 va 6.8 ballarni qo‘lga kiritgan edi.
Eslatib o‘tamiz, hujumchimiz joriy mavsum rimliklar safida 37 ta bellashuvda ishtirok etib, 7 ta gol va 5 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Uning Transfermarkt portalidagi narxi esa 4 million evro deb baholanmoqda.
Fikrlar