Jalollidinovni olgan “Loko” Joau Mariudan voz kechdi

  • 22 iyul, 2020, 12:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi ijarada to‘p surgan portugaliyalik Joau Mariuni 18 million evroga xarid qilish huquqidan foydalanmadi. Endi futbolchi “Inter”ga qaytib ketadi. Milanliklar bosh murabbiyi Antonio Konte ham Mariuni tarkibga qo‘shmoqchi emas va futbolchi o‘ziga yangi jamoa topishi kerak.

Tecno

“Lokomotiv” Joau Mariu o‘ynaydigan pozitsiyaga “Bunyodkor”ning 18 yoshli futbolchisi Jasur Jaloliddinovni oldi. Jasur ham, Joau ham hujumkor yarim himoyachi ampluasida yaxshi o‘ynaydi. Bundan tashqari, portugaliyalik yarim himoyachi o‘ng qanotda ham to‘p surishi mumkin. O‘zbekistonlik futbolchi esa har ikki qanotda o‘ynay oladi.

Jasurning agenti Yuriy Belous o‘zbekistonlik futbolchi Joau Mariudan kuchli ekanini ta’kidlagan edi.

Yuriy Belous: Jaloliddinov bir necha yil davomida “Lokomotiv” (Moskva) o‘yinini belgilaydi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!